Instruktor profili

Sherzod Ergashev

Yashnobod tumani · Lacetti · mexanika4,9· 10 ta sharh
8 yil tajriba

Lacetti mexanika. Shahar boʻylab haqiqiy sharoitda: tirbandlik, murakkab chorrahalar, kechki yoʻl. Guvohnomasi bor-u, rulga oʻtirishga ikkilanadiganlar uchun ham darslar.

Narxlar

darsni tanlang

Boʻsh vaqt

Tezkor tasdiqlashSherzod yozilishni darhol tasdiqlaydi. Bekor qilish darsdan 12 soat oldin bepul.

Sharhlar

faqat dars olganlar yozadi
4,910 ta sharh
Xushmuomala · 4Tushunarli tushuntiradi · 3Sabrli · 3Xotirjam · 3Oʻz vaqtida keladi · 2Imtihon marshrutini biladi · 2Mashina toza · 1
Dildora I.30‑sentabr
Tushunarli tushuntiradiImtihon marshrutini biladi

Aylanma harakat va chorrahalarni yaxshi tushuntirdi, endi shaharda ikkilanmayman.

Sherzod Ergashev javobi

Iliq soʻzlaringiz uchun rahmat!

Oʻquvchi24‑sentabr
SabrliXushmuomala

Oʻz mashinamda mashq qildik — oʻz mashinangni his qilish boshqacha ekan. Rahmat!

Charos I.23‑sentabr
XotirjamXushmuomala

Xotirjam va muloyim. Hech qachon ovozini koʻtarmaydi, xatoni tinch tushuntiradi.

Shahnoza I.13‑sentabr
Tushunarli tushuntiradiImtihon marshrutini biladi

Imtihondan birinchi urinishda oʻtdim! Garaj va parallel parkovkani yaxshilab mashq qildirdi.

Sanjar X.9‑sentabr
Tushunarli tushuntiradiSabrli

Har darsdan keyin nima ustida ishlash kerakligini aytib beradi. Tavsiya qilaman.

Timur A.5‑sentabr
Oʻz vaqtida keladi

Kechki darslar ishdan keyin juda qulay. Jadvalni ilovada koʻrib yozilaman.

Oʻquvchi2‑sentabr
XushmuomalaXotirjam

Qizimni oʻqitdi — juda mamnunmiz. Xavfsizlikka alohida eʼtibor beradi.

Oʻquvchi29‑avgust
Xushmuomala

Tushuntirishi yaxshi, jadvaldan kechki vaqt topish qiyin boʻldi.

Sherzod Ergashev javobi

Rahmat, fikringizni inobatga olamiz — jadvalni qulayroq qilamiz.

Oʻquvchi28‑avgust
SabrliXotirjam

Ikki yil guvohnomam bor edi-yu, haydashga qoʻrqardim. Uch darsda ishonch paydo boʻldi.

Alina T.20‑avgust
Oʻz vaqtida keladiMashina toza

Очень пунктуальный, машина чистая. Рекомендую всем, кто боится города.

Qayerda dars oʻtadi

Amaliy imtihon: 14 ta mashqB toifa, imtihondagi ketma-ketlikda
  1. 1.Harakatni boshlash (start)Start nuqtasidan harakatni boshlab, imtihon marshrutiga chiqiladi.
  2. 2.Piyodalar oʻtish joyi (tartibga solinmagan)Tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan qoidaga rioya qilib oʻtiladi.
  3. 3.Estakadada toʻxtash va yuqoriga harakatQiyalikda toʻxtab, soʻng yuqoriga qarab harakat davom ettiriladi.
  4. 4.90 gradusli burilishlarBelgilangan chegaralar ichida 90 gradusli burilishlar bajariladi.
  5. 5.Svetoforli chorraha — toʻgʻrigaSvetofor bilan tartibga solingan chorrahadan toʻgʻriga oʻtiladi.
  6. 6.Ilon iziToʻsiqlar ilonsimon yoʻl boʻylab aylanib oʻtiladi.
  7. 7.Tor joyda boksga kirib qayrilishTor joyda boksga kirib, mashina qarama-qarshi yoʻnalishga qayriladi.
  8. 8.Svetoforli chorraha — chapga burilishSvetofor bilan tartibga solingan chorrahada chapga buriladi.
  9. 9.Temir yoʻl kesishmasi (tartibga solinmagan)Tartibga solinmagan temir yoʻl kesishmasidan qoidaga rioya qilib oʻtiladi.
  10. 10.Tezlashish boʻlagiMaxsus boʻlakda mashina tezligi oshiriladi.
  11. 11.Favqulodda toʻxtashSignal berilganda mashina favqulodda tartibda toʻxtatiladi.
  12. 12.Orqaga yurib parallel parkovkaOrqaga yurib, mashina yoʻlga parallel holda toʻxtash joyiga qoʻyiladi.
  13. 13.Svetoforli chorraha — oʻngga burilishSvetofor bilan tartibga solingan chorrahada oʻngga buriladi.
  14. 14.Harakatni yakunlash (finish)Marshrut finish nuqtasida yakunlanadi.
  15. Manba: Yagona imtihon markazi (yim.uz)